Befoyda Sport
Assalomu alaykum! Yoshim 15da, men otajonimni raylari bilan bir sport turiga boraman otam meni sportchi qilmoqchilar, ammo meni bunga ko‘zim etmayapti. Chunki men qori bo‘lishga qiziqaman, otam bunga qarshi emas, lekin ikolovini epla deydilar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har bir insonda qaysidir bir narsaga iste’dod bo‘ladi. Ota-ona farzanddagi o‘sha iste’dodni aniqlab uni to‘g‘ri yo‘naltira olsa albatta bir kun o‘sha iste’dodni samarasi namoyon bo‘ladi. Bizda esa ota-ona nimanidir orzu qilib farzandini o‘sha orzusini amalga oshirishiga majburlaydi. Holbuki farzandda ota-ona orzu qilgan u narsaga iste’dod bo‘lmaydi. Natijada ota-onaning orzusi ham amalga oshmaydi, boladagi iste’dod ham besamar qolib ketadi. Aslida Alloh taolo bandasiga o‘sha itse’dodni berib turib O‘z roziligini ham o‘shanga bog‘lab qo‘ygan bo‘ladi. Albatta gunoh va fasod ishlarga bo‘lgan iste’dod bundan mustasno. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar