Ehson qilishda etimning nasabiga qarash

Assalomu alaykum! Sheriklarimiz bilan yil davomida olingan daromadimizdan chin etimlarga ehson qilib turamiz. Otasi vafot etgan, voyaga etmagan farzandlari bor oilalarni topib ularga pul, oziq-ovqat yoki muhtoj bo‘lgan boshqa narsalarni ehson qilamiz. Oilalarni surishtirish davomida, chin etimlarning ota-onalari tiriklik vaqtida zinokor, sudxo‘r, aroqxo‘r, o‘g‘ri, firibgarlik va shunga o‘xshash yomon ishlar bilan shug‘ullanib vafot etib ketgan bo‘ladi. Lekin, oilasi nochor va muhtoj hayot kechirishadi. Ehson qilish vaqtimizda sheriklarimiz avval marhum otasi yaxshi hayot kechirgan yoki iymonli bo‘lgan oilalarga ehson qilishimizni ta’kidlab, ehsonimiz ortishsa so‘ngra yuqoridagi otasi yomon nom qoldirgan oilalarga ehson berishimizni aytishadi. Savolim, chin etimlarning nasabiga qarab ehson ajratib xato qilib qo‘ymayabmizmi, qanday qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehson qiluvchi kimga berishni tayinlab bersa, o‘sha aytganiga berasiz. Mutlaq ehson deb bersa, barcha etimlarga beraverasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 127 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar