Men qaysi yo‘ldaman

Assalomu alaykum! Men o‘z ota-onam va oila azolarimga jamyatga ummatga foydam degadigon inson bo‘lishni istayman. Bu yo‘lda o‘z rejalarim va maqsadlarim ham bor. Negadur mening qalbim boylikni amlni hohlamaydi har doim ham emas, o‘limni yod olganimda. Meni bu holatimga otam-onam yaxshi fikirda emas, chunki men ko‘p hollarda oddiylikni hohleman. Axir qalbim o‘z qo‘limda emasku yoki meni tutgan yo‘lim nato‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har bir insonda qaysidir bir narsaga iste’dod bo‘ladi. Ota-ona farzanddagi o‘sha iste’dodni aniqlab uni to‘g‘ri yo‘naltira olsa albatta bir kun o‘sha iste’dodni samarasi namoyon bo‘ladi. Bizda esa ota-ona nimanidir orzu qilib farzandini o‘sha orzusini amalga oshirishiga majburlaydi. Holbuki farzandda ota-ona orzu qilgan u narsaga iste’dod bo‘lmaydi. Natijada ota-onaning orzusi ham amalga oshmaydi, boladagi iste’dod ham besamar qolib ketadi. Aslida Alloh taolo bandasiga o‘sha itse’dodni berib turib O‘z roziligini ham o‘shanga bog‘lab qo‘ygan bo‘ladi. Albatta gunoh va fasod ishlarga bo‘lgan iste’dod bundan mustasno. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar