Mashinadagi namoz

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men savdogarman. Shuning uchun  Qo‘qon va Toshkentga tez-tez chiqib turaman. Shunda ko‘pincha bomdod va xufton namozlarini mashinada o‘qib yurardim. Lekin javoblaringizning birida mashinada o‘tirib namoz o‘qisa 2 farz ado etilmagani  uchun mumkin emas debsizlar. Men bunday holatlarda kanday yo‘l tutishim joiz bo‘ladi? Uyga qaytib kelganda kechiktirib o‘qishim kerakmi? Javob uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni o‘z vaqtida mashinadan tushib o‘qishingiz kerak. Mashinadan tushib namoz o‘qisangiz hech qanday qarshilik yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:20 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar