Maxsi va taxorat

Assalomu alaykum! Bir kuni ko‘chaga otlanayotib mahsimda tahorat oldim (mahsining muddati hali tugamagan edi) va ko‘chaga chiqip ketayotib oyog‘imga tuflik kiyishligim esimga tuship mahsimni echtim va endi kiyaman deganimda tog‘am menga qarap "tahorating ketdi, boshqatdan tahorat olib chiq" dep qoldilar. Men negaligini so‘rasam "mahsini echganda tahorating sinadi" dep javob qaytardilar. Shu gap to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh umringizni barokotini ilmingizni esa ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mash tortgan bo‘lsangiz echish bilan oyoqning tahorati sinadi. Echish ham shart emas, tovon tupiq tomonga chiqsa mahsi echilgan hisoblanadi. Mahsini kattaligi uchun oyoq mahsini ichida o‘ynab turishi bilan ketmaydi. Echganda, agar tahoratli bo‘lsangiz, faqat oyoqni o‘zini yuvasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 159 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar