Restoranimizda cho‘chqa go‘shti sotiladi

Assalomu alaykum! Men chet elda restoranda pitssa yopaman. Bu erda cho‘chqa go‘shti sotiladi, pitsaga qo‘shiladi. Meni xo‘jayinim musulmon, men u odamga aytganman cho‘chqa go‘shini olib tashlaysizmi deb, u esa yo‘q bu musulmon davlat emas, bo‘laveradi degan. Meni pitsachlik xunarim bor. Bu erda boshqa cho‘chqa go‘shti yo‘q joylarga chiqay desam unaqa joylar yo‘q ekan. Meni o‘ylantirayotgan narsa shuki topayotgan pulim harom emasmi? Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom ishdan topilgani ham harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar