Hoji badal
Assalomu alaykum! Mani bitta do‘stim hoji badal haqida gapirib qoldi. Emishki, haj safariga qurbi etib, ammo sog‘ligi yoki hayotdan ko‘z yumishi tufayli bora olmagan musulmon kishining yaqinlari haj ziyoratiga ketadigan mikdordagi pulni boshqa birovga berib, haj farzini o‘sha bora olmagan yoki o‘tib ketgan odamni haqiga o‘tab kelishni so‘rashsa, savobi va farz amali o‘sha sababli bora olmagan yoki mayitga yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning uchun hajga ketayotgan odamning o‘ziga emas, balki alohida odam yollab hajji badal qildirish kerak. o‘zi uchun haj qilishga ketayotgan ham o‘ziga ham boshqa odamga hajji badal qilolmaydi. Badal haji Islomda ibodatlar uch xil bo‘ladi. 1-sof badan ibodati. Masalan, namoz, ro‘za. Birov birovning nomidan qilolmaydi. 2-sof moliyaviy ibodatlar. Masalan, sadaqa, zakot. Bunday ibodatlarni ado etib qo‘yishni mol egasi birovdan so‘rasa qilsa bo‘ladi. 3-badan va mol aralashgan ibodat. Haj shunday ibodat bo‘lib, unda inson mashaqqat chekadi, ibodatlarni jon koyitib, harakat ila bajaradi. Ayni chog‘da pul, mol ham sarflaydi. Hajni birovning nomidan bajarish haqida mazhab ulamolari turlicha fikr bildirganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari hajni birovni nomidan ado etsa bo‘ladigan ibodatlardan deb, bir necha shart qo‘yganlar. Bular to‘qqizta bo‘lib, quyidagilardir: 1. Kishining ojizligi umr bo‘yi davom etadigan bo‘lishi. Masalan, tuzalmaydigan kasal, ko‘zi ojiz. 2. Hajga buyurgan odamning nomidan niyat qilinishi shart. 3. Ketadigan mablag‘ning ko‘p qismi buyuruvchining molidan bo‘lishi kerak, agar u vasiyat qilgan bo‘lsa. Vasiyat qilmagan bo‘lsa, boshqa odamning mablag‘i bo‘lsa ham bo‘ladi. 4. Badal hajini qiluvchini ijaraga olingan deb shart qilmaslik kerak. 5. Buyurgan odamning shartini buzmaslik lozim. Masalan, ifrodga buyursa qiron qilmaslik lozim. 6. Faqat bir hajni niyat qilish shart. Masalan, bir necha kishini nomidan yo o‘zi bilan buyuruvchini nomidan niyat qilmaslik. 7. Har ikki taraf buyuruvchi va bajaruvchi ham musulmon va oqil bo‘lishi shart. Birortasi kofir yo jinni bo‘lsa bo‘lmaydi. 8. Badal hajini bajaruvchi esini tanigan bo‘lishi shart. Balog‘atga etmagan yosh bola birovni nomidan haj qilsa joiz emas. 9. Badal hajini qiluvchi kishi o‘zini nomidan haj farzini ado etgan bo‘lishi shart. Badal hajining dalili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hajdan qaytayotganlarida Hasam qabilasidan bir ayol tuyalarining oldini to‘sib chiqdi va: “Ey, Allohning rasuli, mening otamga haj farz bo‘lgan edi, ado eta olmay vafot etib qoldi. Uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?” deb so‘radi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga: “Otangning biror kishidan qarzi bo‘lsa, ado qilsang bo‘ladimi?” dedilar. “Bo‘ladi” dedi u. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam : “Allohning qarzini ado etmog‘ing afzalroqdir” dedilar. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 01:12 | Savol-javoblar | 194 | Dolzarb savollar