Mag‘firat ismi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, iz farzandli bo‘lganimga 6 oy bo‘ldi. Ismini otam Mag‘firat deb qo‘ydilar. Bir maqolada payg‘ambarimiz (s.a.v.) "Barra" deb nomlangan qizlarini Zaynab ismiga o‘zgantirganliklari va o‘zlaringizni ulug‘lamang,aybsizga chiqarmang deganliklarini o‘qidim. Mag‘firat ismi ham "aybsiz, aybi kechirilgan, gunoxi o‘chirilgan" degan ma’nolarni beradi. Iltimos, shu masalada yordam bersangizlar. Bu holatda qizimni ismini o‘zgartirishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zgartirmay qo‘yavering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar