Xuftonga azonni erta aytish

Assalomu alaykum! Vodiydagi qarindoshim aytishicha yonlaridagi masjid xufton namoz vaqti kirmasidan 21:10 da azon chaqirilar ekan. Asli xufton vaqti 21:25 kirar ekan. Bu vaqtidan oldingi azon chaqirishidan maqsad azon chaqirig‘iga to‘plangan jamoaga maruza qilish ekan. Shunday qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri taqvimdagi xuftonning vaqti kirgan bo‘lishi shart. Aks holda vaqti kirmagan bo‘lsa azonni eshitgan odamlar namozlarini vaqti kirmasdan o‘qib yuborishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek xufton namozi azon sunnatisiz ado etilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 174 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar