Peshin namozining avvalgi 4 rakat sunnatini bid’at deyishdi

Assalomu alaykum! Bu savolni berishligimdan maqsad qalbim taskin topishi uchun. Savolim shuki 2 kun oldin bir tanishimiz aytdiki, peshin namozini avvalgi 4 rakat sunnati bid’atmish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘qimagan ekanlar. Jamoat bor joyda fitna chiqmasligi uchun avval masjid xaqiga 2 rakat va 2 rakat nafl namoz o‘qiladi deyishdi. Aslo sunnat deb niyat qilmang deyishdi. Iltimos shu narsaga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozirda ba’zi bir insonlar Abu Hanifa rahmatullohi alayh va ularning shogirdlarini “ilmi yo‘q axmoq bo‘lishgan, og‘ziga kelganini gapirishavergan” deb bilishadi va o‘zgalarni ham shunga ishontirishga harakat qilishadi. Vaholanki 14 asrdan beri butun ummat ularni eng taqvoli, eng aqlli eng hadisga olim, sahobalarni ko‘rgan, sahobalarning shogirdlaridan ilm olgan, mujtahid maqomiga erishgan, huzuriga hamma soxaning mutaxassilaridan bo‘lgan 40ta olimni jamlab butun oyat va hadislarni yillar mobaynida o‘rganib chiqishib, so‘ng kitobga tushirgan Allohning do‘stlari deb tan olishgan va olishmoqda ham.
Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni peshindan oldin to‘rt rak’at va farzidan keyin ikki rak’at o‘qiganlari haqida aytilgan. Ushbu hadisga muvofiq hanafiy va molikiylar peshindan oldingi sunnatni bir salom bilan 4 rak’at o‘qiydilar. Bir rivoyatda imom Shofe’iy ham shunday deganlar. U kishidan rivoyat qilingan boshqa qavlda va imom Ahmad nazdida peshindan avval ikki rak’at o‘qilinadi. Abu Hanifa va imom Molik bunga bir necha hadisni dalil qilganlar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ لَا يَدَعُ أَرْبَعًا قَبْلَ الظُّهْرِ وَرَكْعَتَيْنِ قَبْلَ الْغَدَاةِ. تَابَعَهُ ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ وَعَمْرٌو عَنْ شُعْبَةَ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshindan oldingi to‘rt rakat, bomdoddan oldingi ikki rakatni tark etmas edilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عن عبد الله بن شقيق قال: « سألت عائشة عن صلاة رسول الله صلى الله عليه وسلم عن تطوعه فقالت: كان يصلي في بيتي قبل الظهر أربعاً  ثم يخرج فيصلي بالناس، ثم يدخل فيصلي ركعتين، وكان يصلي بالناس المغرب ثم يدخل فيصلي ركعتين، ويصلي بالناس العشاء ويدخل بيتي فيصلي ركعتين، وكان يصلي من الليل تسع ركعات فيهن الوتر» (رواه مسلم).
 وعن أم حبيبة قالت: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: «من صلى في يوم وليلة اثنتي عشرة ركعة بُني له بيت في الجنة، أربعاً قبل الظهر  وركعتين بعدها وركعتين بعد المغرب وركعتين بعد العشاء وركعتين قبل صلاة الغداة» (رواه الترمذي والنسائي).
وعن عائشة رضي الله عنها: «أن النبي صلى الله عليه وسلم كان إذا لم يصل أربعاً قبل الظهر صلاهن بعدها»  (رواه الترمذي وهو حديث حسن).
وعن أم حبيبة قالت: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: «من صلى قبل الظهر أربعاً حرَّمه الله على النار» (رواه الترمذي). وفي رواية أخرى قالت: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: «من حافظ على أربع ركعات قبل الظهر وأربع بعدها حرَّمه الله على النار»  (رواه أصحاب السنن، وقال الترمذي: حسن صحيح غريب

Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar