Akamning turmushidagi kelishmovchilik

Assalomu alaykum! Akamning oilasi buzulib ketish arafasida. Ota-onam bunga qarshi. Akam bir necha yildan beri Rossiyada ishlaydi. Yaqinda u erda uylanib, farzandli bolganini aytib qoldi. Bu sirni faqat akam va men bilamiz. Uydagi kelin ota onam xizmatini chiroyli qiladi, 2 ta farzandi bor. Lekin erining ko‘nglidan qolgan, o‘zidan bezdirgan, erkak kishiga yoqmaydigan, jo‘rttaga ko‘p gaplar, ishlar qilgan. Akam ham bezib, Rossiyaga ketishga majbur bo‘lgan. Lekin nima bo‘lsa ham, biz kelin tarafmiz, ajrashish, bolalar otasiz o‘sishiga mutlaqo qarshimiz. Kelin uyiga borsa, sharoit yo‘q, onasi insult. Ketaman baribir deb turib olgan. Bu holatda nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Akangiz yashasa birovni umrini zoe qilmasdan kelib yashasin. Yashamaydigan bo‘lsa talog‘ini bersin, kelin boshqaga turmushga chiqsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar