Cho‘pon oyoq kiyim bilan namoz o‘qishi

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Akam domladan eshitishga, cho‘pon dalada qo‘y boqib yurganida taxoratili xolatda kiyib yurgan oyoq kiyimini echmasdan u bilan namoz o‘qisa bo‘ladi deb aytdi. Domlaning aytgani to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oyoq kiyimiga bog‘liq. Xalqimizda mashhur piyma etik, kazonniy etik rezinka etik kabi tufuqdan tepagacha chiqadigan bo‘lsa mash tortish va echmasdan namoz o‘qish joiz. Ostiga najosat tekkan bo‘lsa namozdan avval tozalab olishi shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:25 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar