E 491 haqida

Assalomu alaykum! Qidirish hizmatidan bu haqida topa olmadim. Men Xitoy, Rossiya, Turkiyadan Toshkent bozorlariga keladigan "Angel" va boshqa hamirturush(drojja)larning tarkibida sorbitan monostearat(E491 deb ham yoziladi) bor ekanligini, ularning Rossiyadan keladganlarida "halol" belgisi bor, qolganlarida yo‘qligini ko‘rdim. Ammo, "muslimsonsumergroup.som" saytida barcha emulgatorlar ro‘yxatini ko‘rdim. Bu ro‘yxatda E-491 shubhali deb yozilgan. Sababi, cho‘chqa yog‘i ishlatilganlik ehtimoli bo‘lishi mumkin ekan. Rossiyadagisi qanday "halol" belgisini olgan, bilmadim. Agar shubhani tark etish kerak bo‘lsa, umuman non emaslik kerak. Nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromligi aniq bo‘lmagunicha iste’moli joiz. Birorta ishonchli dalillar bilan unga harom qo‘shilishi aniq bo‘lsa keyin iste’moli to‘xtatiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 222 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar