Vafot etgan kishining kiyimlari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda onamiz bandalikni bajo keltirdilar. Ta’ziya kunlari onamizning kiyim-kechaklari qarindosh va qo‘shni ayollarga tarqatildi. Bir juft kiyimlarini esdalik, onamizni yodga solib turishi uchun qoldirgandik. Eshitishimiz bo‘yicha bunday qilish to‘g‘ri emas ekan. Shu haqida biror maslahat bersangizlar, iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Vafot etganning kiyim kechaklari merosxo‘rlarning haqqlari hisoblanadi. Ular balog‘atga etgan bo‘lsalar o‘zaro rozi bo‘lib birortalariga hadya qilishlari mumkin. Balog‘atga etmagan bolalar bo‘lsa ularning haqqini hadiya qilish joiz emas. Ijozat bersalar ham. Sotib balog‘atga etmagannikini ajratib berish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar