Savdo chekini bermaslik uchun jarima
Assalomu alaykum! Xabaringiz bor davlat byujeti asosan soliqlar orqali to‘ldiriladi va bu mablag‘lar keyinchalik ijtimoy sohalar ta’lim meditsina va turli xil nafaqalar va h. larga yo‘naltiriladi. Soliqlarning katta qismi esa o‘z navbatida savdo bilan shug‘ullanuvchi va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi muassasalrning tushumidan undiriladi. Misol keltiraman: bir do‘kon bir kunda 1 000 000 so‘m savdo qilsa va ushbu mablag‘larni to‘liq savdo cheki urib bank orqali aylantirsa undan ma’lum miqdorda daromad solig‘i olinadi. Agar do‘kon 1 000 000 so‘m savdo qilsayu 500 000 so‘mga chek ursa shu qismiga soliq solinib qolgan 500 000 so‘miga chek urmasa bu mablag‘ soliqqa tortilmay qoladi ya’ni yashirin iqtisodiyot holati sodir bo‘ladi. Hozirgi kunda bir qism "tadbirkorlar" chek urmaslik yo‘lini tanlashmoqda va ba’zida ushbu tadbirkorlarning hatti harakatlari haqida xaridorlar soliq idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘lishmoqda (jamoatchilik nazoroti) va natijada ushbu tadbirkor savdo qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilishiga sabab bo‘lada, murojaat qilgan fuqaroga davlat tomonidan mukofot sifatida ma’lum miqdorda mablag‘ to‘lab beriladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib 4 ta savolim bor. 1. Shariatimizda soliq tushunchasi bormi? 2. Tadbirkorning soliq to‘lashdan qochishi shariatimizda qanday baholanadi? 3. Yuqoridagiga holatda davlat tomonidan fuqaroni rag‘batlantirib berilgan mukofot halolmi? 4. Murojaat qilgan fuqaro sotqin hisoblanmaydimi? Uzr savoli cho‘zilib ketti, imkon bo‘lsa to‘liqroq tushuncha bersangiz chunki bu mavzu hozir juda dolzarblashyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odamning maqsadi kamchilik va xatolarni isloh qilish bo‘lishi kerak. Shuning uchun biror kamchilik yoki noto‘g‘ri ishni ko‘rganida tezda chaqimchilikka o‘tmasdan o‘sha xatolikni isloh qilish yo‘llarini qilishi kerak. Albatta bunda avvalo o‘sha xatoni qilgan joyni o‘zidagilarga aytib to‘g‘rilashga harakat qilinadi. Agar to‘g‘rilamasa keyin chora ko‘radigan organlarga aytsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 198 | Moliya va tijorat