Xristianlar dafn marosimi
Assalomu alaykum! Ustozlar, oldin Ukrainadan kelgan buvimning o‘zini xristian dini bo‘yicha dafn etilishlarini so‘rayotganligi bo‘yicha savol bergandim va javob oldim. Xozirda bu bo‘yicha yana qo‘shimcha savollar tug‘ilmoqda. Buvimga Islomni qabul qilish, bu asl xristian diniga zid emasligi, faqatgina bu din insonlar tomonidan o‘zgartirilib asl talabi o‘zgartirilganligi Iso masix xam Muhammad sollallohu alayhi vasallam singari rasul ekanligi, ularning maqsadi bir ekanligini tushuntirishga xarakat qilyapmiz. Lekin buvim ko‘nmayaptilar, xolam xam insonni oxirgi tilagini bajarmasa gunoxkor bo‘lish mumkinligini aytyaptilar. Men aksincha, qanday qilib musulmonman degan inson xristian dini bo‘yicha dafn marosimi qilishi va qabrga xoch (krest) o‘rnatishi mumkin deb aytyapman. Onam mani tushundilar va qarishilik qilmayaptilar. Shuningdek bu Allohning bir sinovi ekanligi, Allohni buyrug‘ini yoki onaning tilagini bajarasizlarmi degandek sinayotganligini aytyapman, vaxolangi Alloh onadan yuqori turishini tushuntiryapman. Lekin masalani boshqa tomoni bor. Biz xammamiz o‘zimizni musulmon xisoblaymiz. Buvimni xristian dini bo‘yicha dafn qilish kerak bo‘lsa nima qilaylik? Buvim bu olamni tark etsalar mayitni ko‘chaga tashlab qo‘yolmaymizku. Onamni shu savol qiynayapti xar xolda onalari, onam tushunganlari, iymon keltirishlari uchun buvimga tinmasdan nasixat berib yo‘nalish ko‘rsatayotganliklarini ko‘rib turibman, shu bilan birga onalariga achinyaptilar. Ustoz yo‘nalish beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Vafot topsa cherkovda bu kabi ishlarni bajaruvchilar bor. O‘shalarga aytish kerak, ularda pul evaziga dafn marosimini o‘tkazadigan xizmatlari bor. Sizlar haqqida duo qilaveringlar, ajabmas Alloh hidoyat qilsa. Xristian holida vafot qilsa aslo musulmonlar qabristoniga qo‘yilmasligi kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 203 | Turli savollar