G‘usl qilish va namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, ikki kun oldin bo‘ynimda zararli xollarni oldirishga to‘g‘ri keldi. Ularning o‘rniga suv tegishi mumkinmas ekan. Bir xaftacha muddatda, dedi shifokor. Savolim shuki, bo‘ynimga suv tekkizmay g‘usl olsam, taxorat olsam bo‘larmikin, uzrli xolatda? Benamoz yurgandan ko‘ra, deb o‘yladim-da... Savolim nourin bo‘lsa, uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘yingan suv tekazmasdan tahorat olish joiz. yaraning ustilariga ham tselofanni qo‘yib skoch yopishtirib g‘usl olishingiz mumkin. Namozni tark qilishga hech qanday uzr yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:32 | Savol-javoblar | 184 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar