Asrga ulgurmaganda
Assalomu alaykum! Men do‘stim bilan yo‘lda kech qolib asr namozini o‘tkazib yuborib masjidga kirib keldik. Masjidda jamoat shom namozini farzini o‘qiyotgan ekan. Men jamoatga qo‘shilib olaylik deb shoshsam do‘stim avval asr namozini qazosini o‘qib olishimiz kerakligini aytdi. Men o‘z fikrimda qolib jamoatga qo‘shilib shom namozini o‘qidim. So‘ngra asr namozini qazosini o‘qib qo‘ydim. Do‘stim esa avval asr namozini o‘qidi so‘ng shomni o‘qidi. Ush bu xolatda qaysi birimizni ishimiz to‘g‘ri edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikkovingizniki ham to‘g‘ri. Chunki do‘stingiz avval birorta namozni qoldirmagan bo‘lsa yoki qoldirgan bo‘lsa ham qazolarini o‘qib bo‘lgan bo‘lsa sohibi tartib deyiladi. Undaylar avval qazo qilgan namozini o‘qib keyi vaqti kirgan namozni o‘qishlari shart. qazolarining adadi oltitadan ko‘p bo‘lgan kishi esa avval vaqti kirganini keyin qazosini o‘qiyveradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 163 | Namoz