Do‘stlar bilan aloqani uzish
Assalomu alaykum! Bugungi kunda odamlar orasida qarindoshlik, do‘stlik aloqalarini uzish kabi noxush holatlar ko‘payib bormoqda. Qarindoshlik aloqalarini uzish haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan hadislaridan yaxshi bilamiz. Ammo do‘stlik aloqalarini uzish haqida nima deyilgan? 2). Agar gunoh bo‘lsa, gunoh qaysi tarafga yoziladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo shariat do‘st tanlash borasida ko‘rsatma berib, Qur’onda “Sodiqlar bilan birga bo‘linglar” deyilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi oxiratda o‘zi suygan kishisi bilan birga bo‘ladi” deganlar. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّمَا مَثَلُ الْجَلِيسِ الصَّالِحِ وَالْجَلِيسِ السَّوْءِ كَحَامِلِ الْمِسْكِ وَنَافِخِ الْكِيرِ، فَحَامِلُ الْمِسْكِ إِمَّا أَنْ يُحْذِيَكَ وَإِمَّا أَنْ تَبْتَاعَ مِنْهُ وَإِمَّا أَنْ تَجِدَ مِنْهُ رِيحًا طَيِّبَةً، وَنَافِخُ الْكِيرِ إِمَّا أَنْ يُحْرِقَ ثِيَابَكَ وَإِمَّا أَنْ تَجِدَ رِيحًا خَبِيثَةً. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Solih ulfat va yomon ulfat xuddi attor va bosqonchiga o‘xshaydi. Attor yo senga beradi, yo sen undan sotib olasan, yoxud undan xushbo‘y hidni topasan. Bosqonchi bo‘lsa yo kiyimingni kuydiradi, yo sen undan qo‘lansa hidni topasan», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ha, yaxshilarga yondashish foyda keltiradi. Hech bo‘lmaganda ularning yaxshiligini ko‘rgan odam xursand bo‘ladi. Ammo yomonga yor bo‘lgan esa yomon bo‘ladi. Ular bilan birga bo‘lgan odam hech bo‘lmaganda «Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi» degan maqolda aytilganidek holga tushadi. Shuning uchun doimo yaxshilar, ulamolar, fuzalolar, taqvodorlar bilan birga bo‘lishga harakat qilish kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Tengdoshim, sinfdoshim deb to‘g‘ri kelgan insonni do‘st tutavermaslik kerak. Quyidagi oyatda zikr qilingan kishining holiga tushib qolishdan saqlanish kerak. Alloh taolo “Furqon” surasida marhamat qiladi: وَيَوْمَ يَعَضُّ الظَّالِمُ عَلَى يَدَيْهِ يَقُولُ يَا لَيْتَنِي اتَّخَذْتُ مَعَ الرَّسُولِ سَبِيلًا 27. U Kunda zolim ikki qo‘lini tishlab: «Eh, qani edi Rasul bilan bir yo‘lni tutgan bo‘lsam!» – der.
Qiyomat kunidagi holatlarni ko‘rgan zolim afsus-nadomat ila barmog‘ini tishlab qoladi. Bitta yoki ikkita barmog‘ini emas, ikki qo‘lining hamma barmoqlarini tishlab qoladi. Va nadomat ila:
«Eh, qani edi Rasul bilan bir yo‘lni tutgan bo‘lsam!» – der». يَا وَيْلَتَى لَيْتَنِي لَمْ أَتَّخِذْ فُلَانًا خَلِيلًا 28. «Evoh! Qani edi, falonchini do‘st tutmagan bo‘lsam», – der.
Bu dunyoda boshqaga ergashgani noto‘g‘ri bo‘lganini o‘sha paytda tushunib etadi. Ammo endi kech. لَقَدْ أَضَلَّنِي عَنِ الذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَاءنِي وَكَانَ الشَّيْطَانُ لِلْإِنسَانِ خَذُولًا 29. «Batahqiq, menga Zikr kelganidan so‘ng, u meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). عن أبي هريرة رضي الله تعالى عنه-: أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: الرجل على دين خليله، فلينظر أحدكم من يخالل، رواه أبو داود والترمذي بإسناد صحيح Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi do‘stining dinida bo‘ladi. Kimni do‘st tutayotganiga e’tibor qaratsin” deganlar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 157 | Islam