Oqpadar
Assalomu alaykum! Men bir ish qildimki endi to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilolmay qiynalyapman. Otam bir necha yildan buyon boshqa oila bilan yashar ekanlar. Buni bizga, o‘z oilamizga befarq va bemehr bo‘lib qolganlaridan onamni doimiy haqorat qilishlaridan shubhalanib aniqladim. Shu darajada o‘zgarib ketyaptilarki bizga hech narsadan hech narsadan jaxl qiladigan bo‘lib qoldilar. Biz surishtirib bildik, o‘sha ayolnikida ekan vaqtlarida bordik va jaxl ustida menga sendan rozi emasman oqpadarlik qilding dedilar. Shu vaziyat menu Juda tashvishlantiryapti, men Onam uchun munosabatlarini yaxshilashlarini xoxlab bu ishni qilgandim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham aytganlarku barchasini teng ko‘rsa shariatda ruxsat bor deb, ammo bunday bo‘lmadi. Munosabatlari battar yomonlashmoqda. Qilayotgan barcha ishlari kuchli issiq-sovuq ta’sirida bo‘lsa kerak, shuni qaytariq qilishga ruxsat bormi? Otamning bunday vaziyatda aytgan oqpadar deyishlari o‘rinlimi? Men gunohi kabira qilib qo‘ydimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Alloh taolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi – deganlar. Ota-ona bilan baxslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham baxslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. Ota onangizni bir biriga muhabbati ziyoda bo‘ladigan ish bo‘lsa, qiling. Aksincha, bunday bo‘lmasa aralashmang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush