Tavsiya

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx hazratlari. Bir ilmli kishidan hozirgi qorilardan qaysi biri tajvidga boshqalardan ko‘ra ko‘proq e’tibor berib o‘qishini so‘raganimda, "menimcha, Ali Huzayfiy eng ko‘p tajvidga jiddiy e’tibor beradi" deb javob berdi va uning qiroatini tinglashimni tavsiya qildi. Men buni so‘raganimdan maqsad shuki, men shu qiroat orqali Qur’onni to‘liq tinglab, qiroatdagi xatolarimni to‘g‘rilamoqchiman. Lekin men bu fikrga ham qanoatlanmay siz hazratdan ham so‘rashga qaror qildim. Ustoz, qaysi qorining qiroati bo‘yicha Qur’onni o‘rganishimni tavsiya qilasiz ? Javobingizni intiqlik bilan kutaman. Oldindan katta rahmat. Allohim, Qur’on yo‘lida qilayotgan xizmatlaringizni ajrini ko‘paytirib bersin. Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
-Mahmud Xalil Husariyni eshitib yod olsangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

5 May 2022, 19:51 | Savol-javoblar | 177 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar