Hammomga duo ilib qo‘yish

Assalomu alaykum! Ustozlar, g‘usl qilganda niyat qilib shu duo o‘qilar ekan. Shu duolarni kampiyutda chiqari hommomga o‘rganish uchun devorga yopishtrib qo‘ysa bo‘ladimi «Bismillahir rohmanir rohiym» deyiladi va g‘uslga niyat qilinadi: «Navaytu an ag‘tasila g‘uslan minal jan’abati raf’an lil hadasi va istib’ahatan lis-sol’ati taqorruban minall’ohi ta’’ala»?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Birinchidan nopok joyga Alloh taoloning ismini yozmalik kerak yoki yozilganini ham ilmaslik kerak. Ikkinchidan g‘usl qilishni niyat qildim desa bo‘ldi. Aslida g‘uslga bu ham shart emas. G‘uslga niyat shart degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:35 | Savol-javoblar | 203 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar