Uylanishim mumkinmi?
Assalomu alaykum ! Ustozlar meni yoshim 22 da meni qonim tarkibida hali tibbiyot davosini topolmayotkan virus bor ekan. Doktorlar “sog‘lom ayol bilan turmush qurmang unga ham yuqadi” deyishyapti. Meni sog‘lom qizga unashtirilganman, qizni ota-onasi ham bilishadi, ular ham qizini berishga rozi. U qizni nikohimga olsam bo‘ladimi? Bir qizni umrini zomin bo‘lishiga sababchi bo‘lib, gunohkor bo‘lmaymanmi? Alloh barcha bemorona ahli islomning dardiga shifo bersin. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lasiz. Siz tufayli vafot topsa vafotiga sababchi hisoblanasiz. Agar bir inson nikohlanib, o‘zining nikohidagi sherigiga zulm qilishi va zarar etkazishiga ishonib etsa, bunday odam uchun oila qurish harom bo‘ladi. Bu holatda Islom shariatining «haromga olib boruvchi narsa ham haromdir» degan qoidasi ishga tushadi. Birovga zulm qilish, zarar etkazish – harom. O‘sha zulm va zarardan iborat harom ish nikoh tufayli sodir bo‘lishi aniq bo‘lganligi uchun, bu holatda unga olib boradigan yo‘l – nikoh ham harom bo‘ladi. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush