Tahajjudning sahih hadisda kelgan vaqti
Assalomu alaykum! Taxajjudning vaqtini qanday belgilay? Xozirgi mavsumda tun uzunroq. 2). Taxajjud namozini o‘qib bo‘lgandan so‘ng uxlashga yotsam bo‘ladimi? Bomdodni qazo qilmagan xolda albatta. 3). Biz boshqa davlatdamiz xozir. Bu erda shialarning masjidi ko‘proq. Ishdan chiqish vaqtim shomga to‘g‘ri kelmoqda. Namozni qazo qilmaslik uchun ularning masjidida o‘qib olsam bo‘ladimi? Jamoattan aloxida albatta.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Xuftondan keyin bamdod vaqti kirgunicha o‘qilgan nafl namozlar tahajjud hisoblanadi. Bamdoddan 1-2 soat oldin o‘qisangiz sunnatga muvofiq bo‘ladi. 2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bamdodning farzini o‘qishdan oldin biroz mizg‘ib olardilar. Buni zarari yo‘q, asosiysi bamdod qazo bo‘lmasa bo‘ldi. 3). Masjidda o‘zingiz yolg‘iz o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:37 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar