Imomdan oldin xarakat

Assalomu alaykum! Jamoat namozlarida imom rukudan oldin Alloooooxu akbar deb bir oz turib keyin rukuga ketsa, bu vaqtda imom Allooooxu akbar deb bir oz kutib turishi sababli orqadagi ergashuvchilar imomdan oldin rukuga ketsa, yana imom rukudan turgandan keyin Allohu akbar deb bir oz turib keyin sajdaga ketgan vaqtda, ergashuvchi imomdan oldin sajdaga ketsa ergashuvchini namoziga zarar etmaydimi? Men shu xolat bo‘lgan joyda imomdan oldin rukuga va sajdaga ketgan bolaga tanbex bergan edim, u bola menga "-Imom Allohu akbar degandan keyin men rukuga ketdim, yana Allohu akbar degan edi sajdaga ketdim, meni ko‘zim imomda turmediku qachon u rukuga ketsa keyin ruku qilaman, qachon u sajdaga ketsa keyin sajda qilaman degani" degan edi. Bu yog‘iga ilmim etmay qoldi va sizlarga murojaat qildim. Imomdan oldin xarakat qilganni xukmi bilmoqchi edim va yana o‘sha bola menga aytgan gapida xam jon bordek tuyuldi menga. Bu erda imomning xam xatosi bormi? Imom Indoneziyalik boshqa mazxabda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imomga qarab turish kerak. Takbirdan keyin ketsa ham imomdan oldin ketmaslik kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar