Pochchaning mas’uliyati

Assalomu alaykum! Singil pochchasiga nikohi joiz bo‘lmaganligi uchun mahrami bo‘lmasada yarim mahram hisoblanadi deb eshitgandim. Pochchasi unga o‘z mahramiday mas’uliyatli bo‘lib, qilayotgan ishlaridan habardor bo‘lib, maslahat berib, singlisi sifatida ko‘rishi kerakmi? 2). Singil o‘z ota-onasidan yiroqda o‘qiyotganida turmushga chiqqan opasinikida yashashi maqulmi, afzalmi yoki studentlar yotoqxonasidami? Shar’iy tomondan qaralganda qaysi yo‘li hamma uchun to‘g‘ri bo‘ladi? Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Maslahat berishi joiz, lekin yarim mahram deb o‘ylashi joiz emas. 2). Qaerda bo‘lsa ham eri bilan yashashi ma’qul. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:41 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar