Onaga oq bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Turmushga chiqqanimga 1 yil bo‘ldi. Qaynopam 10 yildan buyon kelinlik uyimda 2 nafar farzandi bilan yashaydi. Turmush o‘rtog‘i bor, chet davlatga qatnaydi, oyda 2-3 hafta yo‘lda bo‘ladi. Uy joyi qaynonasi ovsini bor, ammo qaynonasi bilan yashashni xoxlamaydi, aytishicha o‘ziga ajratilgan xonasida farzandlari bilan yasholmasmush, kechasi qorqarmush. Ovsinim qayniopam bilan chiqisholmay ota uyiga ketib qolgan, mana 4 yildirki qayni akam o‘sha uyga qatnaydi. Bizga uyiga ketadi deb meni kelin qilishgan, mana 1 yildirki uyimda tinchlik yo‘q. Turmush o‘rtog‘imga xar kuni yig‘layman, meni quldek ko‘rishganiga chiday olmayman. Meni hurmat qilishsin deb ukalarini onasiga yomonlaydi va janjal chiqaradi. Uyimga ketib qololmayman. Umr yo‘ldoshim olib chiqib ketaman alohida yashaymiz, mening oilam ham akamnikiga o‘xshashini xoxlamayman deyaptilar. Qaynotam vafot etganlar, qaynonam qizim hech qaerga ketmaydi, hammadan kechsam ham qizim men bilan yashaydi deyaptilar, lekin o‘g‘illaridan ham ayrilgilari yo‘q. Domda qaynonam qayniakam qaynopam, uning 2 farzandi, men va umr yo‘ldoshim siqilib qoldik. Aytingchi, shu sharoyitda umr yo‘ldoshim bilan alohida uyga chiqsak, u onasiga oq bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Onasini rozi qilsa, oq bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:41 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar