Ijara va sudxo‘rlik
Assalomu alaykum! Bir do‘stim bilan moshina ijarasi va foizga pul berish xaqida baxslashib qoldik. Ijaraga (pulini bo‘lib to‘lash) moshina berish va olish joiz, lekin foizga pul berish sudxo‘rlik bo‘ladi dedim. U esa ikkalasi xam baribir foizga beriladiku, buni farqi nima dedi? Ilmim yo‘q bo‘lgani uchun buni tushuntirib bera olmadim. Iltimos tushuntirib beringlar. Alloh, rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ijara deb keltirgan narsa nasiyaga bo‘lib-bo‘lib to‘lash deyiladi. Ijara butkul boshqa narsa hisoblanadi. Shariat insonni og‘zidan chiqayorgan so‘zga shunchalar katta e’tibor qaratdiki ikki bir biriga begona erkak va ayol ikki guvoh oldida “Bag‘ishladim” va “Qabul qildim” desa harom halolga aylanadi. Buni aksi “taloqsan” desa halol haromga aylanadi. Alloh taolo insondan chiqadigan hovurga ham hukm tayin qilgan. Orqasidan el chiqsa tahorat sinadi. Ayni shuningdek nasiyaga sotishni savdo bo‘lgani uchun joiz dedi, qarzga pul olib ustama to‘lashni ribo dedi. Shariat bu, Alloh taolo aytgan har bir narsaga itoat qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:43 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat