Bemorlar o‘zlari rozi bo‘lib pul berishi
Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Men o‘zim shifokorman. Jarroxlik bo‘limida ishlayman. Alloh qodir qilganicha farzandlarimga, oilamga xalol luqma edirishni xoxlayman. Shu maqsadda savolim quydagicha: 1). Bemorga xizmat ko‘rsatgandan so‘ng, shifokor so‘ramasa xam, bemor shifokorga moddiy mablag‘ yoki sovg‘a yoki shunga o‘xshash narsa bersa, shifokor buni olsa xalol bo‘ladimi? 2). Ko‘pchilik bemorlar davolangandan so‘ng, doktor endi bizga nima xizmat deyishadi. Rozi bo‘lib bergan narsangizni olaman deyish joizmi? Xolbuki shifokor qilgan xizmatiga davlat tomonidan maosh oladi. Bu savollar ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Iltimos batafsil javob bersangiz. Savol yo‘llashda xatolikka, ilmsizlikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsam uzr. Javobingiz uchun avvaldan rahmat. Alloh qilayotgan bu ishlaringizda o‘zi madatkor bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Halol bo‘ladi.
2). So‘ramanglar. Siz tama’ qilmasangiz ham o‘zi biron narsa bersa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:43 | Savol-javoblar | 159 | Tabobat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Halol bo‘ladi.
2). So‘ramanglar. Siz tama’ qilmasangiz ham o‘zi biron narsa bersa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:43 | Savol-javoblar | 159 | Tabobat