Qarzni qaytargan bo‘lamami?

Assalomu aleykum! Aziz ustozlar, tahminan 10 yil oldin, bir tanishimdan, aniq esimda yo‘q, lekin tahminan 12.000 so‘m miqdorida qarz bo‘lib qolgandim. Shuncha vaqt o‘tib, shu kunlarda u insonni uchratib qoldim va qarzimni bermoqchi bo‘ldim, lekin u odam eslay olmadi qarz bo‘lganimni, men ham qarzim miqdorini aniq bilmaganim uchun 20.000 so‘m berib, rozi bo‘lasizmi desam, bermasez ham roziman dedi, men olin deb qo‘liga tutqazib roziligini oldim. Faqat oxirida bilsam u inson mast ekan, lekin es hushi joyida edi. Qarzim bo‘ynimdan soqit bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xushi joyida bo‘lsa soqit bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:50 | Savol-javoblar | 147 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar