4118-savol bo‘yicha, savolim

Assalomu alaykum! Ustozlar meni noto‘g‘ri tushunmanglar. To‘yonaga beriladigan go‘shtni narxi xaqidagi deyarli xamma savol-javoblaringni o‘qidim telegram kanaldagi. Meni niyatim ko‘nglimni taskin qilish xolos. Biz ham deyarli oxirgi 6 yildan beri xar yili sinfdoshlarni to‘ylari bo‘lib kelmoqda. Eng avvalida kelishuvimiz, mol go‘shtiga belgilanib u ham bo‘lsa faqat bir qossobning go‘shtini narxini shablon qilib olganmiz va kelishuvdagi niyatimiz pastdagi savolga berilgan javoblaring kabi go‘shtni narxi tushib ketsa ham oshib ketsa ham, xamma rozi va kelishilgan. Xozirgacha birortamiz go‘shtni narxi oshib ketdi deb kelishuvni buzadigan gapni gapirmadik va xamma rozi. Va yana ayamlar xam Maktabdagi o‘qituvchilar bilan birga kassalari bor. ular ham go‘sht bilan kelishishgan. Eng qizig‘i xattoki 15-16 yildan beri go‘shtni pulinini qo‘shib kelyaptiyu xaligacha to‘y qilmaganlar bor. Bularni holi ne bo‘ladi? Axir 15-16 yillar avvalgi go‘shtni narxi xozirgi kunda arzimagan pul axir. Bir oz adolatsizlik bo‘lib qolmaydimi? Shunda ham xalol bo‘lmay qoladimi. TAROZIDAGI OZAYISh YoKI KO‘PAYISh @Savollar_kanal 4118-savol Assalomu alaykum! Ushbu hadisning sharhi bo‘yicha «Kam qilib bergan bitta doni sababli kengligi osmonlaru ercha keladigan jannatni sotib yuborgan kimsaga vayl bo‘lsin. Ortiqcha olgan bitta doni sababli vaylni sotib olgan kimsaning holiga voy bo‘lsin»(kitob- "gunohi kabiralar"). Tarozida o‘lchanayotganda 1 kilogram narsa olmoqchi bo‘lsak 1010gram bo‘lib ketadi, lekin 1kg ga pul to‘laymiz bu to‘g‘rimi? Yoki sotuvchi so‘ramasak ham ozroq qo‘shib beradi. Bu ham gunohga kiradimi? Gunoh bo‘lsa agarda olgandan keyin ozroq qismini tahminlab olib tashlasak bo‘ladimi? JAVOB: - Va alaykum assalom! Bu kelishuvga bog‘liq. Rozilik bilan bersa zarar yo‘q. Vallohu a’lam! "Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati ✅ Manba ➡️ Kanalga ulanish
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom!  Tarozuning masalasini to‘yonaga qiyoslamang. Chunki torozuda avvaldan ortiqcha berishlikni shart qilinmaydi. To‘yonada esa go‘shtni narxi oshsa oshgan narxda berishni shart qilinadi. Ammo 15-16 yildan beri qimmatlashni hisobga olishni shariat ham e’tiborga olgan.
O‘sha pul berilganda o‘sha pulga qancha kumush keladigan bo‘lsa o‘shancha kumushni(chunki kumush necha yillardan buyon o‘zgarmas ekan) yoki qiymatini olishga haqqi bor. Chunki narx teng barobardan oshib yoki tushib ketsa u pulni kasodga uchragan deb hukm qilinadi. Kasodga uchragan holatda qarz oldi berdi vaqtdagi kumushning qiymatiga qaraladi.
Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayhi: «Qarzni qaytarib berish paytida ularning qiymati o‘zgargan bo‘lsa, fuluslarning (mayda pullarning, hozirgi kunda so‘mlarning berilgan kundagi) qiymati ado qilinadi», degan. Bu haqda alloma Ibn Obidiyn rahimahulloh shunday deydi: «Abu Yusuf: «Qarzdor bay’ voqe bo‘lgan (kuchga kirgan) kundagi qiymatga yoki qabz voqe bo‘lgan kundagi qiymatga teng dirham berishi lozim bo‘ladi», degan». Hozirgi kunda qarz bergan kunda so‘mning qiymati qancha dirham(kumush tanga)ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qarzni qaytarib olish kunida o‘shancha kumushning qiymatini qaytarib olish joiz bo‘ladi.
Bizni avvalgi bergan javoblarimiz ushbu “Jumhur, ya’ni ko‘pchilik ulamolar: «Bunda arzonlashish yoki qimmatlashishning e’tibori yo‘q, nimani olsa, o‘shani beradi», deyishgan. Chunki asosiy qoida shuni taqozo qiladi” fatvoga tegishli edi. Bu fatvo narx biroz o‘zgarib kasod darajasiga etmagan pul haqida bo‘lgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar