Sovchilarga jannat eshiklari ochiqmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Dunganlarda* sovchilik natijasida ettita oila bunyod bo‘lishiga sababchi bo‘lgan inson jannati degan qarash bor ekan. Shu gap qanchalik asosli? *Dunganlar-xitoylik musulmonlar. Ular O‘zbekistonda ham istiqomat qilishadi. Hatto, alohida mahallasi ham bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir insonni jannatiy bo‘lishiga vakolat beradigan amal vahiy orqali ma’lum bo‘ladi. U, yoki oyat bo‘ladi yoki hadis. Siz aytgan gap haqida esa na oyat va na hadis yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar