G‘ayriddinni musulmonlar qabristoniga qo‘yilishi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, mahallamizda masjid bilan qabriston yonma-yomon. Bir kuni jumadan qaytib kelayotganimda qarindoshlarim qabriga borib duo qilay dedim. Yo‘lda qabristoni ichida xoch belgili qabrlar tepasida temirlarni ko‘rdim. Meni qarindoshlarim yotgan joyni oldida ham bitta shunaqasi bor ekan. Ularga rus, koreys ismlar yozilgan ekan. Oldin mahallamizda qabriston oldidagi mahallada ruslar yashagan deyishadi. Shu qabrlar qabristondan chiqarib tashlashim kerakmi? Bunga shariatimiz hukmi qayday? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariat qonuni bo‘yicha musulmonlarni g‘ayridinlar qabristoniga, g‘ayridinlarni esa musulmonlar qabristoniga ko‘mish mumkin emas. Fiqhiy kitoblarimizda “Mabodo adashib ko‘mib yuborilgan bo‘lsa ularni qozi chiqartirib yuborishi shart” deyilgan. Siz o‘z-o‘zingizdan chiqarishingiz fitna va janjallarga sabab bo‘ladi. Unday qilishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:54 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar