Firibgarlik jinoyati
Assalomu alaykum! Bugungi kunda juda ko‘plab insonlar tomonidan aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan boshqa insonlarning mulkini qo‘lga kiritish (firibgarlik) kabi xolatlar bilan "tirikchilik" qilib kelmoqdalar. Ushbu xolatlrni "Moida” surasidagi يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, zafar topsangiz"deb marxamat kilingan oyatida nazarda tutilgan "maysir" (kimor) kabi xarom amal sifatida karash mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu Alloh taoloning “Baqara” surasidagi quyidagi oyatiga tushadi. وَلاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُواْ بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُواْ فَرِيقًا مِّنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ 188. Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang. Bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh ila eyishingiz uchun uni hokimlarga tashlamang.
Bu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni bir-birlarining molini botil – harom yo‘l bilan emoqdan qaytarmoqda.
Ushbu oyati karimani tushuntirish uchun Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu:
«Bu degani – bir odam qarzdor bo‘ladi, lekin o‘ziga qarshi hujjat yo‘qligidan foydalanib, u molni olganidan tonadi. Birovning molini haromdan eb, gunohkor bo‘layotganini bilib turib, hokimga arz qiladi», – degan ekanlar. Go‘yo hokim hukm qilsa, gunoh gunohlikdan tushib, harom mol halolga aylanib qoladigandek. Holbuki, halol hokimning hukmi ila harom bo‘lib qolmaydi yoki aksincha ham bo‘lmaydi. Balki aynan hamma narsani ko‘rib, bilib turuvchi Allohning hukmi bilan halol yoki harom bo‘ladi. Hokim hamma narsani ko‘ra olmaydi, bila olmaydi. U sirtdan ko‘rganiga, talashayotganlarning gapiga, ularning hujjatlariga qarab hukm chiqaradi.
Imom Buxoriy Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom:
«Men bir odamman, xolos. Talashganlar huzurimga keladilar. Ba’zilari boshqalaridan ko‘ra hujjatini yaxshiroq ko‘rsatib yuborishi, men esa uning foydasiga hukm qilishim mumkin. Kimga bir musulmonning haqqidan hukm qilib bersam, u do‘zax o‘tidan bir bo‘lakdir. Xohlasa olib, xohlasa qoldirib ketsin», – deganlar.
Zohirga qarab hukm chiqargani uchun hokim gunohkor bo‘lmaydi. Imom Qurtubiy: «Oyatdagi «botil yo‘l bilan emaslik»ka haromning barcha turlari: qimor, aldamchilik, harom narsalarni sotib, mol topish, harom kasblarni qilib, mol topish va boshqalar kiradi», – deganlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:54 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom