Cho‘chqa moyi
Assalomu alaykum! Xozir ishlab chikarilayotgan "Kolgeyt" tish pastasi tarkibida, Ukrainada ishlab chiqarilayotgan shokolad maxsulotlari tarkibida "Cho‘chqa" terisi va moyi qo‘shilar ekan. Umuman olganda qaysiki maxsulot tarkibida "Jelatin" bo‘lsa "Cho‘chqa" terisi, suyagi yoki moyi bor ekan. Ko‘p dori-darmon, ichimliklarda, marmelad, shokolad, tish pastalari,... Buni xukmi qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan.
Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi. Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi.
Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi.
“Falon tish pastasida cho‘chqa yog‘i bor, shuning uchun uni ishlatish harom” deyish uchun aniq dalil-hujjatlar etarli bo‘lishi kerak. Etarli bo‘magan va isbotini topmagan xabarlarga asoslanib biror maxsulotni harom yoki halol deyish esa joiz emas. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: وَلَا تَقُولُوا لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَذَا حَلَالٌ وَهَذَا حَرَامٌ لِتَفْتَرُوا عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ “Alloh nomidan yolg‘on to‘qib, tillaringizga kelgan yolg‘onni gapirib: «Bu halol, bu harom» deyavermangiz! Chunki Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar sira najot topmagaylar” (Nahl surasi, 116-oyat). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom