Ism qo‘yishda tortishuv
Assalomu alaykum! Bir qarindoshimga Ustozimiz Shayx hazratlarining ushbu sayt orqali bergan javoblariga binoan, o‘g‘il farzand so‘rash duosini o‘rgatgan edim, Alhamdulillah ikkita qizdan keyin Alloh o‘g‘il farzand bilan rizqlantirdi, lekin uning eri o‘g‘liga Habibulloh ismini qo‘yaman, deb janjal qilyapti. Lekin duoda farzandning ismini Muhammad qo‘yishi kerakligi ma’lumot tariqasida kelgan, qarindoshim Payg‘ambarimizning ismlariga biror ismni izofa qilib qo‘yaman degandi, bunday holatda nima qilish kerak, Payg‘ambarimizning ismini qo‘yish shartmi, qo‘ymasa gunohkor bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shart emas. Ammo va’dasiga vafo bo‘ladi. Muhammad Habibulloh deyish qiyin bo‘lmasa, shunday desin. Bu ham qiyin bo‘lsa, Muhammad Habib desa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:09 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar