Fazilatli Shayximiz so‘zlari
Assalomu alaykum! «…Ba’zilar, agar do‘stingdan hojatingni chiqarishni so‘rasang, u bu ishni qilmasa, yana bir bor esiga sol. Unutib qo‘ygan bo‘lishi mumkin…
Agar do‘stingdan hojatingda yordam so‘rasang va u senga yordam bermasa, namozga tahorat qilda, uni o‘lgan sanab, to‘rt takbir aytib janozasini o‘qib qo‘yaver…»
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Telegramdagi Ziyouz kanaliga joylangan Fazilatli Shayximizning bu gaplarini ma’nosiga uncha tushunmadim. Iloji bulsa izoxlab bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Iqtibos keltirishda biroz xatoga yo‘l qo‘yilgan. Bu Ustozimiz rahimahullohning so‘zlari emas. Uning asli quyidagnicha kelgan. Hojatini chiqarishda yordam berish. Bu ishning ham avvalgisiga o‘xshab darajalari bor. Uning eng past darajasi yordam so‘ralganda qudrati etsa ochiqyuzlik, surur va xursandchilik bilan yordam berish. - Ba’zilar, agar do‘stingdan hojatingni chiqarishni so‘rasang, u bu ishni qilmasa, yana bir bor esiga sol. Unutib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Agar o‘shanda ham qilmasa, unga takbir aytib qo‘yaver», degan. - Ibn Shubruma do‘stlaridan birining muhim hojatini chiqarganda, do‘st unga sovg‘a olib kelibdi. «Bu nima!?» deb so‘radi Ibn Shubruma. «Hojatimni chiqarganing uchun», dedi. «Ol molingni! Alloh senga ofiyat bersin! Agar do‘stingdan hojatingda yordam so‘rasang va u senga yordam bermasa, namozga tahorat qilda, uni o‘lgan sanab, to‘rt takbir aytib janozasini o‘qib qo‘yaver», dedi Ibn Shubruma. Vallohu a’lam! https://old.islom.uz/content/view/410/2/
30 Aprel 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar