Yangi ish boshladim lekin yurishmayapti

Assalomu alaykum! Men moshina sohasida ishlab alohida usta bo‘lib chiqdim. Yangi ish boshladim, deyarli besh oydan o‘tyapti lekin ishim yurishmayapti. Bazan bo‘lib turadi bir haftada bir marta yoki ikki marta. Shu bo‘yi yana bekor o‘tiraman, mendan oldingi ishchilar ham manna shu ish yo‘qligi sababli chiqib ketishgan ekan, lekin men bu erdan chiqib ketsam boshqa hunarim yo‘q. Ota-onam chet davlatga jo‘natishmaydi, o‘zimga-o‘zim har doim Allohning sabr haqidagi oyatlari va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi va sunnatlari bilan sabr qilib yuribman. Ba’zi hamkasblarim sabr qiling diyapti va yana ba’zilari bu erda hech kim ish yuritolmagan, undan ko‘ra boshqa ish qiling diyapti. Agar ish yurishmaslikka sabab bo‘ladigan birorta noto‘g‘ri amallar bo‘lsa shuni to‘g‘irlashga yoki biz bilmagan va o‘rganish kerak bo‘lgan ilmlar bo‘lsa o‘rgatinglar, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ko‘p istig‘for ayting. Ko‘pning eng oz miqdorini Ustozimiz 70 mingta der edilar. Alloh taolo “Nuh” surasida marhamat qiladi: فَقُلْتُ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ إِنَّهُ كَانَ غَفَّارًا۝ 10. «Robbingizdan mag‘firat so‘rang, albatta, U ko‘plab mag‘firat qiluvchidir», – dedim».
«Istig‘for»ning lug‘aviy ma’nosi «mag‘firatni (gunohning kechirilishini) so‘rash»dir. Amalda banda tilida «astag‘firulloh» va shu ma’nodagi kalimalarni aytib, dil bilan tasdiqlashidir. Umumiy ma’noda esa istig‘for dindorlikni ifoda etadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:12 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar