Xotin namoz o‘qimasa
Assalomu alaykum! Er namoz o‘qib xotin namoz o‘qimasa, er xotiniga namoz o‘qigin desayu xotini xo‘p deb o‘qimasa mana shu sabab er xotinini talog‘ini bersa to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Er kishi itoatsizlikni ko‘rganida taloqqa shoshilmasligi kerak. Taloq berish holatning echimi emas. Erning hayoti bu bilan yaxshilanib qolmaydi. Ayol ham bu sababli ibodatga rag‘batli bo‘lib qolmaydi. Balki nafrati va g‘azabi yanada ziyoda bo‘lishi, er esa xasrat va nadomatda qolishi mumkin. Bu ishdan faqatgina shayton manfaat ko‘radi xolos. Haqiqiy erlar bunday vaziyatda oila a’zolarini tarbiya qila olishlari kerak. Ummatning isloh bo‘lishi mana shu kabi nuqtalardan boshlanadi. Vallohu a’lam!
20 Sentabr 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 122 | Islam