To‘ydagi muammo
Assalomu alaykum! Ustozlar, men 21 yoshdaman uylanishim kerak. Meni nikoxdan qaytarayotgan yagona narsa bu to‘ylardagi ichkilikbozlik, isrofgarchilik va Allohga ma’qul kelmaydigan amallarni to‘yimda sodir bo‘lishini. Buni o‘ylab nikoximni xarom bo‘lib qolishiga yoki barakani uchirishidan qo‘rqaman. Insonlarni to‘yga ota-onam taklif qilishadi va ularni orasida aroqxo‘rlar xam yo‘q emas. Men ota-onamga bu odamlarni aytmanglar deyishga xaqqim yo‘q deb o‘ylayman. Ular mabodo mening to‘yimda o‘zlari bilan berkitib ichkilik olib kelib ichishsa Allohning g‘azabiga duchor bo‘lib qolmaymizmi? Axir ziyofat sababchilari kelin kuyov bo‘ladiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz kabi juda ko‘p yigitlarni ko‘pini ko‘rdik. Ular mahkam turishdi, ota-ona ham farzandini ra’yiga qarashdi. Alloh taolodan astoydil so‘rasangiz O‘zi yo‘l ko‘rsatadi. Siz astoydil harakat qilavering, sizga bog‘liq bo‘lmaganiga ya’ni biron inson yashirib olib kelib ichganiga mas’ul emassiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush