Qosh terishni eri talab qilishi

Assalomu alaykum! Qosh terishga aloqdor savollarni o‘qidim, javoblarini ham. Agar turmush o‘rtog‘i buni talab qilsachi? Unga bu mumkinmasligi aytilgan, lekin qosh terib o‘ziga qarab yurishni talab qiladi. Erkagining buyrug‘ini bajarish kerak, deyilgan. Bunaqa vaziyatda ayol qanday yo‘l tutishi kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Erni Alloh rozi bo‘ladigan buyruqlarini bajarish kerak. Alloh norozi bo‘ladigan bu kabi ishlarda itoat qilmaslik kerak. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh)
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar