Kelinning uydagi o‘rni

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, xammamiz xam ona, opa-singil, qaynona-kaynaopa qaynasingilmiz, lekin xozirda kelinni o‘z o‘rniga qo‘yaman deb, o‘rnini ko‘rsataman deb o‘z farzandi, uka yoki akasining uyini buzilishiga farzandlarini tirik etim bo‘lishiga sababchi bo‘lib kamiga akam bizni tanlab ajrashdi deb g‘ururlanayotgan ayollar bor. Kelindan o‘z huquqlarini so‘rashdan uyalishmaydi. Meni dadam o‘g‘limizni o‘ylasak xam meni xizmatimni siz qilishingiz kerak onasi deydi onam iloxim Alloh sog‘lik bersin xizmatingizni o‘lgunimcha o‘zim qilishga qodir qilsin deydi. Bobom bilan buvim xam shu, kelin oyilarimizning xizmatiga qarab o‘tishmagan buvim xam doim Allohdan kuch so‘rab bobomni oxirgi kunigacha xizmatida bo‘ldi. O‘limi oldidan onasi sizdan mingdan ming roziman sizdek ayol berganinga Parvardigorimga shukur deb o‘tganlar. Buvimni kuchi etmagan joyda onalarimiz xolalarimiz yordam berishganini ko‘rganman bobom "men kelinnimas sizlarni tug‘ilishingizga yaxshi tarbiya olib voyaga etishingizga jamiyatda o‘rningizni topishingizga sababchi bo‘lganman. Akez ukez qornimizni boqishi qanchalik farz bo‘lsa bizlarga siz qizlarimiz qarashi xam aynan sizlarga kelinga emas sizlarga farz bo‘lgan derdi. Qanchalik to‘g‘riligini bilmiman, lekin biz shunaqa tarbiya olganmiz. Borgan eshigimizda xam qaynaopam uyga kelganda yonboshlab yotmasdi xar kelganda onasining xizmatini qilib duoingizni olay onajon deb xarakat qilardi, ammo jiyanim tushgan xonadonda xamma bitta shu kelinga qarab qolgan ekan. Xammani qosh qovog‘iga qarayman deb eriga kuchi xam vaqti xam qolmagan, farzandga erga opa singlisiga ota onasining ko‘ziga qarab qarab oxiri ajralishdi shuncha yolg‘on bo‘xton qilishdi. Kelinni o‘rni er ostida tepalab tepalab yurorilar degan tushuncha bor ekan. Jiyanim ajrashdi kuyovning opa singillarini deb. Qaynaopamning yuragi yomon bo‘lib qoldi qattiq siqilishdi, keyin Allohga qo‘ydik deb unutishdi. Alhamdulillah xammamiz qo‘llab Allohdan so‘rab jiyanimni stress xolatidan xam olib chiqdik, lekin kuni kecha oldiga borgandim, qaytayotib mashinada yana bir qizning uyi buzilishiga qaynasingillari sababchi bo‘layotganini o‘rtog‘iga aytib yig‘layotgan ekan. Sizlardan iltimos qaynaopa qaynasingillarning kelinidaga xaqqi xaqida umuman bir chiroyli yashayotgan oilani buzilishiga sababchi bo‘lishi mumkinmi shu xaqda yozsangizlar. Axir ayol kishi ernikiga kelayotganda oyoq osti bo‘lishga ota-onasidan kechib kelmaydiku?! Qolaversa er xotin o‘rtasidagi iliqlikdan atrofdagilari xabardor bo‘lishmasa, bu bir birida ko‘ngli yo‘q xoxlaganingizni qiling degani emasku?! Iltimos shunday UY BUZAR ayollarimizga o‘rnak bo‘ladigan javob aytinglar. Zora shunaqa ayollar o‘qib o‘zlarini sal yig‘ishtirib olishsa, er-xotin o‘rtasini buzib shaytonga teng bo‘lishdan qo‘rqishsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhodan xursand bo‘lib, “Ey Oisha mendan xohlagan narsangni so‘ra” dedilar. Oisha roziyallohu anho juda ham ziyrak ayol edilar, bu fursatni qo‘ldan boy bermaslik uchun eng yaxshi narsani so‘rashni qasd qildilar va “Bu borada otam bilan maslahatlashsam” dedilar. Chunonchi Abu Bakr roziyallohu anhuning huzurlariga borib voqe’ani bayon qildilar. Abu Bakr roziyallohu anhu : “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo u zotga sirlarni aytgan. O‘shalardan birini aytib berishlarini so‘ra” dedilar. Oisha onamiz roziyallohu anho o‘sha narsani so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robbim menga me’roj kechasida “Mening nazdimda mo‘minning darajasi shu darajada yuqoriki, qaysi bir mo‘min boshqa bir mo‘minning qalbiga xursandchilik solsa, albatta jannatiy bo‘ladi” dedi” dedilar. Oisha roziyallohu anho xursand bo‘lib Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga bu gapni etkazgan edilar Abu Bakr qattiq yig‘ladilar. Oisha roziyallohu anho “Nega yig‘laysiz, axir bu xursandchilik xabar emasmi” deganlarida, “Bu, mo‘minning qalbi Alloh taoloning nazdida shu darajada qadrliki, kim unga ozor etkazsa, do‘zaxiydir” degani bo‘ladi – dedilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:22 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar