Zakazga qarab mol olib kelish

Assalomu alaykum! Ustozlar, men xitoydan tovar olib kelaman. Savdoim asosan bozordagilarga tarqatish bilan bo‘ladi. Vetrinaligiga bitta donadan ko‘rgazma uchun beraman, ular klent bilan savdolashib, nima olishini bilib menga zakaz qilishadi. Men ularni zakazini qarzga berib yuboraman. Ular keyin to‘lov qilishadi. Oldindan olib qo‘yishmaydi, chunki klient nimadan qancha olishini bilib bo‘lmaydi. Mening bu qilayotgan savdoim shariatda joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz. Sizlar oldingi kelishuvingiz va’da hisoblanadi. Haqiqiy savdo esa molni olib kelib, pulni olganingizda bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 178 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar