Ro‘za qabul bo‘lmaydimi?
Assalomu alaykum! Men Ramazon oyida 20 kun ro‘za tutib, 10 kuni qoldirsam tutgan 20 kunlik ro‘zam qabul bo‘midimi? Ukam menga chala tutilgan ro‘zalar umuman qabul bo‘midi, faqat to‘liq tutilsa qabul bo‘ladi dedi. Shu to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Falon kun ro‘za tutib falon kuni qoldirsa tutgan ro‘zasi qabul bo‘lmaydi” degan gap yo‘q. Lekin 10 kunini shar’iy uzrsiz qoldirishingiz, 20 kunini qabul bo‘lmaganining alomati bo‘ladi. Chunki mashoyixlar “sen bir yaxshi amalda bardavom bo‘lsang, yana o‘sha amalni qilishga Alloh taolo tavfiq berib tursa, avvalgi qilgan amallaring Robbing huzurida qabul bo‘lganligi alomatidir” deganlar. Shuning uchun yildan bir marta keladigan Ramazon ro‘zasini to‘liq tuting. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar