Sahobalarni qilganlari

Assalomu alaykum! Saytda menga kerakli javob yo‘q ekan. Nega Yazid, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam suyukli nevaralari imom Xusaynni o‘ldirgan bo‘lsada, unga buyuk saxoba va musulmon kabi qaraladi? Axir u kechirilmas gunox qilganku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz o‘zimiz ishtirok qilmagan ishlarga baho berishga buyurilmaganmiz. Voqe’ani qanday bo‘lganini aniq bilishimiz uchun o‘sha voqe’ada qatnashganlar kerak bo‘ladi. Afsus ular o‘tib ketganlar. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi:  تِلْكَ أُمَّةٌ قَدْ خَلَتْ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُم مَّا كَسَبْتُمْ وَلاَ تُسْأَلُونَ عَمَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ۝ 134. Bular o‘tib ketgan ummatdirlar. Ularga o‘zlari kasb qilganlari bo‘lur, sizlarga o‘zingiz kasb qilganingiz bo‘lur. Ularning qilgan amallaridan so‘ralmassiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:25 | Savol-javoblar | 152 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar