Qarz haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, qarz haqida savolim bor edi. Avvallari pullarimni har hil narsalarga ishlatib qo‘ymaslik uchun bir do‘stimga berib qo‘yar edim har oy 100 dollardan. U menga qo‘lingda so‘m bo‘lsa so‘m beraver o‘zim dollar qilib olaman derdi. U pullarni o‘sha paytlar ishlatib yuborgan. U paytlar 1 dollar 2700lar atrofida bo‘lgan hozir esa ancha oshib ketdi. Savolim shuki men pullarimni qaysi paytdagi kursga hisoblab olaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelishib olganingiz ma’qul. Chunki siz “So‘mni 100 dollarga almashtirishga seni vakil qildim. Dollar olib o‘zingda saqla” degansiz. Vallohu a’lam!

22 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar