Go‘shtning pulidan to‘yona

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, o‘rtog‘im bilan to‘yga 150kg go‘shtni pulidan to‘yonaga berishga kelishganman. Allohga shukur ikkimizni xam to‘yimiz bo‘ldi, kelishilgan go‘shtni o‘rtog‘imga 32mingdan, o‘rtog‘im menga 1 yil o‘tib 38mingdan xisoblab berdi(mani foydamga). Farq qilayotgan 900ming sudxo‘rlik ekanligini ikkimiz yaqinda bildik. Alloh kechirsin noto‘g‘ri qilibmiz, xarom luqma kerak emas. Endi shu 900mingni man nima qilsam bo‘ladi? O‘rtog‘imga qaytaraymi yoki boshqa yo‘l tutishim kerakmi? Javob uchun odindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Berganingizdan ortiqchasi uning haqqi bo‘lib, o‘sha ortiqchasini o‘ziga qaytarishingiz shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar