Taloqdan keyin bir to‘shakda yotish

Assalomu alaykum! Er ayolining javobini bergandan keyin vaziyat taqozosi bilan bir to‘shakda yotishga to‘g‘ri kelsa (ayolning boradigan joyi yo‘q bo‘lsa)buning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boin taloq tushgan bo‘lsa ular bir-birlariga mutlaqo begonadirlar. Bir to‘shakda yotishlari aslo joiz emas. Raj’iy taloq tushgan bo‘lsa bu ishi bilan er raj’at qilgan bo‘ladi. Chunki bunday holatda bir-birini shahvat bilan ushlashi aniq. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 169 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar