"Lavxi Buzurg" Duosi xakida savol

Assalomu Alaykum muxtaram Ustoz! Man Sizga bitta savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Forumda bu savol avval xam berilgan ekan. Ya’ni gap “Lavxi Buzurg” duosi haqida ketmoqda. Bundan avval bir akamiz shu savolni bergan ekanlar, lekin savollariga javob ololmagan ekanlar. Men xam shu savolga javob olish niyatida edim. Sizga shu duoni suratini ilova qilaman. Ushbu duoni izoxida quyidagilar: [“Lavxi Buzurg” duosining asnodlari quyidagicha: u yigirma sakkizta bo‘lib, “Ilmi jafr” (“Jafr ilmi”), ya’ni Xizr alayxis salomga xos ilmlardandir va “Jomi ul Kabir” (Ulug‘ majmua) kitobida zikr etilgan. “Lavxi Buzurg” 784 xonaga ega bo‘lib, 3136 xarfni o‘z ichiga oladi. Xar bir xonasiga bir ism joylashtirilgan bo‘lib, xammasi bo‘lib unda Xudoyi taoloning 1001 ismi bor. Maxkur “Lavx” dan Kalomi Rabboniy 114 surasi xosil bo‘ladi. Xar kim bu “Lavxnoma” ni o‘zi bilan saqlasa, undagi xar bir xona barobarida bittadan farishtaga bu “Lavxi Buzurg” ni saqlovchiga nigohbonlik qilishga amr etiladi. Agar uni saqlovchining dushmani bo‘lsa, dushman uch xolatdan ayri bo‘lolmaydi: o‘ladi, yo butunlay ketadi, yoxud bo‘ysunub keladi. Qisqasi, dushmanlik qilolmaydi. Bu “Lavxnoma” Mulla Muso ibn Mulla Boymuhammad Qassob qo‘li bilan Zul-qa’da oyining yigirma oltisi 1300 yilda tamom bo‘ldi.] – deb bayon qilingan. Sizga murojaat qilimshimdan maqsad, Sizning ushbu “Lavxi Buzurg” duosidagi fikrlaringizni bilish edi. Oldindan katta raxmat! Olloh rozi bo‘lsin! Ilova qilinadigan surat linki : Duoning izoxi: [’ode]https://img.uz/images/255910Duoning izohi.jpg[/’ode] Duo: [’ode]https://img.uz/images/84064Lavhi Buzurg.jpg[/’ode]
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ma’noda ko‘p marta aytildi. Mazkur duo deb atalayotgan va boshqa duolarning darchasi asossiz! Haqiqiy sunnatga muvofiq duolar “Hadis va Hayot”ning duolar kitobida, “Ismul A’zam” va “Azkor” kitoblarida kelgan.
20 Aprel 2022, 19:45 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar