Xiralik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qilayotgan ishlaringizni ajrini Alloh ko‘paytirib bersin. Men ustozimiz Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf raximahullohni Folbinlik va noananaviy davolash jinkashlik haqida yozgan kitoblarini o‘qiganman va maruzalarini ham eshitganman. O‘sha maruzalarida «Alloh shaytonlarni kattasiga yani boshlig‘iga aytgan: Bandalarimda sani sultonliging yo‘q yani ularni majburlomisan. Magar sanga ergashib sani malayin bo‘lganlari mustasno» degan — degandilar va bir qancha yaxshi gaplarni gaprgandilar. Yaqinda bir tanish odam bilishimcha namozxon yaxshi inson jin to‘g‘risida bir gap boshlab qoldi. U bir odam borakan jinlarni tilida gaplasharkan u odam ko‘p odamlarga yordam beribti. O‘zi ibodatlarni qilmaydi lekin Xudo tarafidan qandaydir kuch berilganakan o‘zim ko‘rdim davolagan odamlarni minnatdor undan dedi. Xullas u odam haqida rosa gapirdi. Mani jaxlim chiqib “bo‘lmagan gap unaqa bo‘lishi mumkinmas” dedim va Shayx rahimahullohni gaplarini gapirdim. Farzlarni bajarib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tunda tongda o‘qigan duolarini o‘qib to‘g‘ri yurib to‘g‘ri tursa unaqa bo‘midi dedim. U odam “Hazrat o‘sha payt shunaqa narsala ko‘payib vaxima bo‘pketmasin deb gapirganlar. Buni imom akalardanam eshtganman. Jin kirib olarkan, hatto siz aytgandek to‘g‘ri yurib ibodatlarini qiladiganlardayam shunaqa bo‘libdi” dedi. Mani jaxlim chiqanidi jahliz chiqmasin holasez ko‘rsataman deb 3-4ta video ko‘rsatdi. Unda rostanam noinsoniy qiliq va ovozlar chiqayotgan odamlar bor edi. Bu odammi gaplari to‘g‘rimikin? Videoni ko‘rmasam bo‘larkan, ko‘nglim g‘ash bo‘lmasdi degan xayollar kela boshladi. Shunaqa bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi uchun mutloq boylik yoki mutloq sog‘lik asl maqsad emas. Aksincha halol mol-dunyo va halol davodan keladigan sog‘likdir. Chunki Alloh taolo bandasini shular bilan sinaydi. Agar haloliga harakat qilsa Alloh uni ham beradi. Afsuski aroq furushlik qilib “Sizga harom bo‘lsa bizga halol” deyuvchilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “jinlar bilan ish yuritish harom” deb tursalar biz tuzalsak bo‘ldi deyuvchilar, “o‘zingizni bavlingizni iching” desa ham ichib yuruvchilar ko‘payib qoldi. Unday kishilar qiyomat kuni Dajjol chiqsa(vaholanki uni qilgan har bir ishi kufr, unga ergashish ham kufr bo‘laturib) odatdan tashqari ishni qilsa ortidan ergashib ketaveradilar. Ularni iymon emas, noodatiy narsalar qiziqtiradi. Ular shunaqangi videolarga ishonadilar, ulamolar aytgan gaplarni esa safsataga yo‘yadilar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:19 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar